Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya: S-400 bo‘yicha hammasi hal bo‘lgan
Foto: Sergey Malgavko/TASS
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lining ma'lum qilishicha, Rossiyadan S-400 zenit raketa komplekslarini xarid qilish hal etib bo‘lingan masaladir. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.
Uning aniqlik kiritishicha, kelishuvni bekor qilish mumkin emas va bu qilinmaydi.
Shuningdek, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ham o‘z mamlakati Rossiyadan S-400 zenit raketa komplekslarini sotib olish niyatida ekanini tasdiqladi.
Avvalroq, Turkiya Rossiya raketa kompleksi uchun maydoncha qurish jarayonida ekani, bu AQSh tomonidan sanksiyalar tahdidiga qaramay yuz berayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval kamida 13 davlat Rossiyaning S-400 zenit raketa majmualarini Amerika quroli o‘rniga sotib olmoqchi ekani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
15:03 / 30.08.2025
Ukraina GUR: Qrimda S-400 «Triumf» tarkibidagi kompleks yo‘q qilindi
12:22 / 27.06.2025
Hindiston va Rossiya S-400 ZRK va boshqa qurollarni yetkazib berishni muhokama qildi
09:48 / 17.06.2025
Erdo‘g‘an: Qisqa vaqtda hech kim bizga qarshi chiqishga jur’at etolmaydigan darajaga chiqamiz
12:55 / 09.06.2025