Kamida 13 davlat Rossiyaning S-400 zenit raketa majmualarini Amerika quroli örniga sotib olmoqçi. Bu haqda CNBC telekanali AQŞ razvedkasiga yaqin manbalarga asoslanib xabar berdi.

Telekanaldan ta'kidlaşlariça, uşbu davlatlar AQŞ tomonidan ehtimoliy sanksiyalar tahdidiga qaramay, S-400’ni sotib olişni xohlamoqda.

Manbalardan birining aytişiça, Eron, Qatar, Saudiya Arabistoni, Misr, Jazoir, Marokaş va Vetnam vakillari C-400 sotib oliş böyiça Rossiya tomoni bilan muzokaralar ötkazgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Hindiston geosiyosiy va iqtisodiy manfaatlari tufayli S-400’ni sotib olgani xabar qilingandi.