Jahon | 14:58 / 22.11.2018
5618
1 daqiqa o‘qiladi

Daniya Saudiya Arabistoniga qurol eksport qilishni vaqtincha to‘xtatadi

Daniya hukumati Saudiya Arabistoniga qurol va harbiy texnika eksport qilish uchun ruxsatnoma berishni vaqtincha to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Anders Samuelsenga asoslanib Reuters agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, bu qaror saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limi hamda Yamandagi murakkab vaziyat bilan bog‘liq. Samuelsen ushbu qaror YeIga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari bilan bo‘lib o‘tgan maslahatlashuvlardan so‘ng qabul qilinganini aytgan.

Avvalroq bir nechta Yevropa davlatlari, jumladan GFR va Norvegiya Saudiya Arabistoniga qurol yetkazib berishni to‘xtatishlarini bildirgandi. 14 noyabr kuni Yevropa parlamenti YeI davlatlarini Saudiya Arabistoniga qurol yetkazib berishga embargo kiritishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid