Jamiyat | 15:00 / 23.11.2018
9964
3 daqiqa o‘qiladi

Adabiyot durdonalaridan bir tomchi...

“Kitoblarni yoqib yuborish og‘ir jinoyat, biroq dunyoda undan-da og‘irroq jinoyat bor, u – kitob o‘qimaslik”,  degan edi donishmandlardan biri. Kitob o‘qish insonning maslahatchisi, fikrlash quroli, aql qayrog‘i va muvaffaqiyat kalitidir.

Bugungi kunda mamlakatimizda kitobga, uni targ‘ib qilishga, o‘qish va o‘qitishga bo‘lgan e'tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bunga birgina misol davlatimiz rahbarining 2017 yil 13 sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-son qarori misolida ham ko‘rish mumkin.

Shu nuqtai nazardan bugungi kunda barcha nashriyotlarda kitobxonlarga manzur bo‘ladigan, eng sara kitoblarni nashr etish yo‘lida salmoqli ishlar qilinmoqda. Shu jumladan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan 44 jilddan iborat maktab darsliklarida mavjud bo‘lgan eng sara badiiy adabiyotlar  “Xrestomatiya”sini yangidan chop etilgani ham so‘zimizning isboti. Mazkur kitoblar keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan 44 jilddan iborat maktab darsliklarida mavjud bo‘lgan eng sara badiiy adabiyotlar  “Xrestomatiya”si kitobxonlar tomonidan qizg‘in kutib olinishiga ishonchimiz komil . Jahon va o‘zbek adiblarining ijodlaridan bahramand bo‘ling! O‘qing va zavqlaning.

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi
G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid