Sport | 16:18 / 23.11.2018
23652
1 daqiqa o‘qiladi

Klopp Messi va Ronaldudan birini tanladi

Foto: AFP

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Kloppdan Sky Sports Germany efirida «Barselona» yetakchisi Lionel Messi va «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldudan birini tanlash so‘raldi.

«Albatta, men ularning har ikkisiga ham tan beraman, ammo baribir Messini tanlayman», - deb aytdi Klopp.

Qayd etish kerak, Klopp o‘z faoliyati davomida na argentinalik va na portugaliyalik yulduz bilan bir joyda ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messi va Ronaldu «Oltin to‘p» uchun nomzodlar uchligiga kiritilmasligi mumkinligi xabar qilingan edi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid