Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi va Ronaldu «Oltin to‘p» nomzodlari uchtaligiga kirmasligi mumkin
So‘nggi 10ta «Oltin to‘p» sohiblari Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bu yilgi sovrin uchun uchta asosiy nomzod ro‘yxatiga kiritilmaydi, deb yozadi Daily Mirror.
Nashrning fikriga ko‘ra, katta ehtimol bilan sovrinni «Real» klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Luka Modrich qo‘lga kiritadi. Futbolchi madridliklar bilan Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondi, shuningdek, jahon chempionatida finalgacha yetib bordi. Modrich har ikkala turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.
Kuchli uchlikka «Real» klubi va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Rafael Varan va «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe ham kiradi.
Eslatib o‘tamiz, Messi va Ronaldudan oldin «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan futbolchi braziliyalik Kaka edi. U nufuzli mukofotni 2007 yilda qo‘lga kiritdi.
Mavzuga oid
19:28 / 08.07.2026
Afsonalarning ko‘z yoshlari va Trampni troll qilgan Belgiya. JChda 1/8 finalning asosiy voqealari
10:56 / 07.07.2026
JCh kundaligi. Ronaldu yana yig‘ladi, AQSh 4 ta gol o‘tkazdi
16:59 / 06.07.2026
JCh anonsi. Yamal Ronalduga, AQSh butun dunyoga qarshi
00:53 / 06.07.2026