Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Belarus iqtisodiyotidan xavotirda
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat iqtisodiyotidagi xavotirga sabab bo‘layotgan holatga e'tibor qaratdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda deyarli barcha tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish kuzatilmoqda, biroq mintaqaning boshqa mamlakatlarida ham yaxshi iqtisodiy ko‘rsatkichlar mavjud. Lukashenkoning eslatishicha, bunday kon'yunktura o‘sishi abadiy davom etmaydi.
«Ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, bizning iqtisodiyotimizda asosiy trendlar pastga tushib ketgani va Belarus yana jahondagi o‘rtacha sur'atdan past bo‘lgan rivojlanish zonasiga kirib qolgani juda tashvishli», - dedi Lukashenko.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday voqealar rivoji qabul qilib bo‘lmasdir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belarus internet erkinligini cheklash yo‘lini topgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:56 / 19.06.2026
Inflatsiya pasayishi sekinlashsa, monetar siyosatni yanada qat’iylashtirishga tayyor turish kerak - XVJ
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
17:46 / 10.06.2026