Belarusda saytlardagi yangiliklarga izoh qoldirmoqçi bölganlardan telefon raqami talab qilinadi. Bu haqda TUT.BY xabar bermoqda.
«Kimdir izoh qoldirmoqçi böladi. U xabarini muayyan internet-resursga yuboradi va telefon raqamini qoldiradi. Unga maxsus kod keladi», - deya aniqlik kiritdi mamlakat axborot vaziri Aleksandr Karlyukeviç. Uning qayd etişiça, heç kim insonga öz fikrini bildirişga qarşilik körsatmaydi, biroq bu mamlakat qonunlariga zid bölmasligi kerak.
Ommaviy axborot vositalari töğrisidagi qonunga tegişli özgartişlar 2018 yilning 1 dekabridan kuçga kiradi. Yangiliklarga köra, internet-resurslar foydalanuvçilar şaxsiy ma'lumotlarini töplaşi mumkin böladi: familiyasi, ismi, otasining ismi, jinsi, tuğilgan sanasi va joyi, elektron poçta manzili hamda e'lon qilinadigan vaqt haqidagi axborot, şuningdek, foydalanuvçining abonent qurilmalari haqidagi identifikatsiya ma'lumotlari (MAS-manzil, içki va taşqi IP-manzillar).
Resurs egalari uşbu ma'lumotni saqlaşi va ularni prokuratura, sud hamda boşqa nazorat organlari talabiga binoan taqdim etişlari şart.












