Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«PSJ» Neymarni qo‘yib yuborishga tayyor
Foto: REUTERS
«PSJ» hujumchisi Neymar muayyan shartlarni bajarish evaziga mavsum oxirida klubni tark etish borasida kelishuvga erishgan.
Kataloniyadagi beteve telekanali ma'lumotiga ko‘ra, parijliklar klubi 26 yoshli forvardni 200 million yevro to‘laydigan jamoa topilsa qo‘yib yuborishga rozi bo‘ladi.
Braziliyalikning sobiq klubi «Barselona» uni qaytarish bo‘yicha muzokaralar boshlagan. Futbolchi 2017 yil yozida aynan shu klub safidan 222 million yevro evaziga Fransiyaga kelgandi.
«Barselona» bilan muzokara o‘tkazayotgan agent Andre Kyuri o‘tgan haftada Londonda futbolchining otasi bilan uchrashgan.
Neymarga Madridning «Real» klubidan ham qiziqish bor.
Bundan avvalroq «Barselona» Neymarning transferiga Usmon Dembeleni qo‘shishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
07:03 / 07.05.2026
«PSJ» qatorasiga ikkinchi yil finalga chiqdi
22:20 / 29.04.2026
PSJ va «Bavariya» futbol sha’ni uchun jang qilib, birgalikda g‘olib bo‘lishdi
14:07 / 29.04.2026
Finaldan oldingi final. «PSJ» va «Bavariya» tarixiy o‘yin o‘tkazdi
20:47 / 22.04.2026