Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2019 yili O‘zbekistonda yangi vazirlik tashkil etilishi mumkin
O‘zbekistonda Transport vazirligi tashkil etilishi mumkin. Bu haqda Prezident imzolagan tegishli farmonda aytiladi.
Ma'lum qilinishicha, Prezident 2019 yil 15 yanvarga qadar transport sohasi faoliyatini tartibga soluvchi va kompleksning barcha masalalari bilan shug‘ullanuvchi mas'uliyatli organ - Transport vazirligini tashkil etish bo‘yicha takliflarni tayyorlashga farmon bergan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev avtomobil transporti sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgandi. Unda davlat rahbari “O‘zavtotrans” agentligi tomonidan transport sohasini rivojlantirishni kompleks ko‘rib chiqish borasida davlat siyosatini yuritish tizimi hanuzgacha yo‘lga qo‘yilmagani sababli avtomobil, temir yo‘llar va havo yo‘llari, metro va daryo transporti ishini o‘zaro muvofiqlashtiruvchi, bu borada yagona siyosat yurituvchi davlat organini tashkil etish zarurligini aytgandi.
Mavzuga oid
17:09 / 07.03.2026
17 ming o‘zbekistonlik Yaqin Sharqdan qaytarildi. Vazirlik turoperatorlarni mas’uliyatli bo‘lishga chaqirdi
23:16 / 03.03.2026
Umrbod qamoq jazosi pedofiliya jinoyatiga takroran qo‘l urgan shaxslarga taalluqli bo‘ladi
08:38 / 25.12.2025
Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar belgilangan ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
18:08 / 24.12.2025