Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Jyenevada AQSh amaldori bilan uchrashdi
2018 yilning 27 noyabr kuni Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok maqsadida Shveytsariyada bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Jyeneva shahrida AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi birinchi o‘rinbosari Elis Uells bilan uchrashdi.
TIV xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston prezidentining 2018 yil maydagi AQShga rasmiy tashrifi va oliy darajadagi muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarni tatbiq etish doirasida O‘zbekiston-AQSh hamkorligini rivojlantirishning amaliy jihatlari hamda xalqaro va mintaqaviy siyosatga oid ayrim masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda o‘z ishini boshlayotgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya kun tartibi va ushbu davlatdagi tinchlik jarayonini boshlash yuzasidan fikr almashildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
15:48 / 10.06.2026
Jyenevada O‘zbekistonning bolalar mehnatiga qarshi kurashdagi yutuqlari yuqori baholandi
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
10:51 / 24.02.2026
AQSh va RF Jyenevada yadroviy qurollar bo‘yicha shartnomani muhokama qildi
09:27 / 19.02.2026