Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qulagan» neft. AQSh Yaqin Sharqdan qo‘shinlarini olib chiqishi mumkin
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, neft narxlari pastligi tufayli Yaqin Sharq mamlakatlaridan Qo‘shma Shtatlar qo‘shinlarini olib chiqish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda u The Wasington Post gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning ta'kidlashicha, AQShning Yaqin Sharqdagi mavjudligi sabablaridan biri Isroil hisoblanadi, biroq neft narxi pasayib borgani sayin, bu mintaqada qolish uchun rag‘batlar ham yo‘qolib bormoqda.
«Neft tobora kichik rol o‘ynamoqda, sababi bizning o‘zimiz uni har qachongidan ham ko‘proq ishlab chiqaryapmiz», - deya ma'lum qilgan Tramp.
Amerika qo‘shinlari 2003 yildan buyon Iroqda, 2014 yildan beri esa Suriyada harbiy amaliyotlar o‘tkazmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq neft narxlari rekord darajada «qulagandi».
Mavzuga oid
10:56
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026