Brent turidagi neft bir barreli narxi 61,64 dollargaça tuşib ketdi, bu 2018 yil boşidan buyon eng past körsatkiç. Bundan Britaniyaning ICE birjasidagi savdolar natijalari darak bermoqda.
23 noyabr kuni ertalab Brent nefti bir barreli 2019 yil yanvar oyida yetkazib berilişi uçun fyuçersni 61,64 dollarga sotib oliş mumkin edi. Xabar e'lon qilingan paytda u 61,83 dollargaça qimmatlaşdi.
Amerikaning WTI turi bir barreli narxi ham yillik minimumni yangiladi. 23 noyabr kuni ertalab u 52,95 dollar turgan, xabar e'lon qilingan vaqtda esa - 53,21 dollar.
WTI turidagi neft Brent’ga qaraganda an'anaviy ravişda arzon. Buning sababi, uning kotirovkalari Oklaxoma ştatidagi Kuşing şahrida joylaşgan xabda örnatiladi va transport xarajatlarini öz içiga olmaydi.
Oxirgi ikki hafta mobaynida neft narxi ön dollar pastga tuşib ketdi. Savdodagi sönggi natijalar, tahlilçilarning fikriça, AQŞ Energetika vazirligi statistika ma'lumotlari e'lon qilinişi bilan boğliq. Ularga köra, mamlakatda yoqilği zaxiralari kutilgan 3.45 million örniga 4.85 million barrelgaça oşdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq neft narxlari «qulagani» xabar qilingandi.












