Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada AQSh harbiy bazasi paydo bo‘lishi mumkin
Ukraina Qo‘shma Shtatlar bilan mamlakatda AQSh harbiy bazasini qurish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda iz.ru diplomatik doiralardagi manbalarga asosan xabar qildi.
Ta'kidlanishicha, bu ma'lumotni Ukraina Oliy radasi deputati Ivan Vinnik ham tasdiqlagan. Uning bildirishicha, Kiyevga Moskvaning «tahdidlaridan» o‘zini himoya qilish uchun Amerika bazasi kerak.
«Agar siyosiy daraja haqida gapiradigan bo‘lsak, amerikaliklar bilan muloqot olib borilmoqda. Agar qonuniy jihatni tilga oladigan bo‘lsa, unda bu Ukrainaning NATOga integratsiyasidan darak beradi», - deya tushuntirdi Vinnik.
Shu bilan birga, Amerika siyosiy doiralardagi manbaning qayd etishicha, bu «qadam Moskva bilan munosabatlarni yanada keskinlashtiradi», shuning uchun Vashington hozircha Kiyevga tegishli kafolatlar bermayapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FXX ukrainalik dengizchilar so‘roq qilingani aks etgan videoni e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:56 / 11.07.2026
Ukraina Rossiyadagi strategik obektlarga zarbalarni kengaytirmoqchi
08:50 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026