Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh senati Rossiyaning Kerch bo‘g‘ozidagi harakatlarini bir ovozdan qoraladi
AQShda senat Rossiya tomonining Kerch bo‘g‘ozidagi xatti-harakatlarini qoralovchi rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi. Bu haqda The Hill yozmoqda.
Uning mualliflaridan biri, respublikachi senator Ron Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, shu tariqa mamlakat senati Ukraina tomonini qo‘llab-quvvatlamoqda.
«Biz Rossiyaning barcha harbiy harakatlarini qat'iy qoralaymiz. Ular xalqaro qoidalarni bir tomonlama ravishda qayta yozishga qaratilgandir», - deya ma'lum qildi Kris Myorfi.
Aniqlik kiritilishicha, hujjat bir ovozdan qabul qilingan. Shu bilan birga, rezolyutsiya deklarativ xususiyatga ega.
25 noyabr kuni FXX Ukrainaning uchta harbiy kemasi Rossiya hududiy suvlariga kirgani haqida xabar qildi. Kemalar Odessadan Mariupolga yo‘l olayotgan bo‘lgan, lekin ularni Kerch bo‘g‘ozidan o‘tkazishmadi. Ukraina tomonining bildirishicha, avval Rossiya kemalar kelishi haqida xabardor etilgan, FXX buning aksini iddao qilmoqda.
Shu kuniyoq Ukraina harbiy-dengiz kuchlari Rossiya katerlari mamlakat kemalari guruhi Kerch bo‘g‘ozidan chiqib ketayotganida unga qarata o‘t ochganini ma'lum qildi. Rossiya chegarachilarining bunday xatti-harakati tufayli olti nafar dengizchi yaralandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml Trampning Putin bilan uchrashuvni bekor qilish haqidagi qaroriga munosabat bildirgandi.
Mavzuga oid
22:34 / 12.06.2026
Tulsi Gabbard AQSh biolaboratoriyalari haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi
20:26 / 12.06.2026
Trampning shov-shuvli smartfoni Xitoy telefonining to‘liq nusxasi bo‘lib chiqdi
20:03 / 12.06.2026
Eron AQSh bilan kelishuv doirasida tiklanish uchun 300 milliard dollar talab qildi
18:11 / 12.06.2026