Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina rossiyalik erkaklarning mamlakatga kirishini taqiqladi
Ukraina davlat chegara xizmati mamlakat hududiga Rossiyaning 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkak jinsiga mansub fuqarolari kirishini taqiqladi. Bu haqda chegara xizmati boshlig‘i Petr Tsigikal ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS.
"O‘tkazish punktlarida nazorat kuchaytirilmoqda. Xorijliklar, birinchi navbatda, Rossiya fuqarolari uchun kirish chegaralandi. Rossiya Federatsiyasining 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkak jinsiga mansub fuqarolariga Ukrainaga kirish taqiqlandi", degan u Ukraina prezidenti Petr Poroshenko bilan uchrashuvda.
Avvalroq Ukraina tashqi ishlar vazirligi rahbari Pavel Klimkin Rossiya bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatish tarafdori ekanligini aytgandi.
Mavzuga oid
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026