Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston “Katta yigirmatalik”da raislik qilish bo‘yicha Italiya bilan o‘rin almashdi
Foto: AP
Hindiston “Katta yigirmatalik”da raislik qilish bo‘yicha Italiya bilan o‘rin almashdi. Shu munosabat bilan Nyu-Dehli Rimga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Buning natijasida Hindiston G20’ga avval belgilangandek 2021 yilda emas, balki Hindiston mustaqilligining 75 yilligi nishonlanadigan 2022 yilda raislik qiladi. Bu haqda Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Buenos-Ayresda o‘tgan “yigirmatalik” yopilishi marosimida ma'lum qildi.
“Biz Italiyaga 2022 yilgi sammitni qabul qilishga ijozat bergani uchun minnatdorlik bildiramiz”, deb aytgan Modi.
“2022 yilda Hindiston mustaqilligining 75 yilligini nishonlaydi. Shu o‘zgacha yilda Hindiston dunyoni G20 sammitida qarshilamoqchi. Eng tez o‘sayotgan yirik iqtisodiyot – Hindistonga tashrif buyuring! Hindistonning boy tarixi va turfa xilligi bilan tanishing va iliq hind mehmondo‘stligini his qiling!”, deb qo‘shimcha qilgan Hindiston bosh vaziri.
Mavzuga oid
15:33 / 05.02.2026
Hindistonda bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash bo‘yicha chaqiriqlar kuchaymoqda
08:26 / 05.02.2026
Qishki Olimpiada: Italiya Rossiya kiberhujumlarini qaytarganini ma’lum qildi
15:26 / 04.02.2026
Kreml: Hindiston Rossiya neftini xarid qilishdan voz kechgani haqida xabar bermadi
12:04 / 03.02.2026