Jahon | 20:02 / 04.12.2018
13941
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina chegara xizmati kemalarni jangovar shay holatga keltirdi

Foto: Ukraina davlat chegara xizmati

Ukraina chegara xizmati mamlakatda harbiy holat joriy etilgani sababli kema va katerlarni jangovar shay holatga keltirdi. Bu haqda chegara xizmati boshlig‘i Pyotr Tsigikal ma'lum qildi.

«Hozirda barcha tarkib dengizga tushirilgan», — dedi u.

Tsigikal shuningdek, dengiz hududiy boshqarmasi tuzilganini xabar qildi.

Avvalroq xavfsizlik xizmati va qurollik kuchlar qismlari jangovar shay holatga keltirilgandi.

Ukrainada 26 noyabrdan buyon mamlakatning o‘nta shahrida harbiy holat amal qilmoqda. Bunga Kerch bo‘g‘ozida yuz bergan hodisa sabab bo‘ldi.

Mavzuga oid