Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqishga tayyorligini bildirdi
NATO davlatlari orasidagi, Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro hamkorlar o‘z qurolli kuchlarini ushbu davlatdan olib chiqishga tayyor. Bu haqda RIA Novosti Afg‘oniston Islom Respublikasi Oliy tinchlik kengashi (OTK) rasmiy vakili Ixsan Tohiriyga asosan xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar afg‘on xalqi buning tarafdori bo‘lsa, u holda shunday qaror qabul qilinadi.
«Biz ulardan bu haqda so‘radik, ular shunday javob berishdi: «O‘zingiz hal qilinglar». Biz tinchlik muzokaralaridagi har qanday masalani afg‘onlarning o‘zi hal qilishi kerakligini ma'lum qildik. Ular javob qaytarishdi: «Bizda hech qanday muammo yo‘q - afg‘onlar qanday qarorga kelsa, shunday bo‘ladi». Bu Afg‘oniston hamda shunday masalalar bo‘yicha qarorni aynan afg‘onlar qabul qilishi kerak», - deya ta'kidlab o‘tdi Tohiriy.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Afg‘onistondagi vaziyat hozircha mamlakatga tashqi yordamdan butunlay voz kechishiga yo‘l qo‘ymaydi. Biroq, davlatda tinchlik va barqarorlik o‘rnatilsa, xalqaro harbiy kuchlarning ishtirokiga ehtiyoj qolmaydi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday fikrni barcha xorijiy sheriklar, jumladan, AQSh qo‘llab-quvvatlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston prezidenti O‘zbekistonga minnatdorchilik izhor etgandi.
Mavzuga oid
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
22:14 / 08.07.2026
«Bu Putinga aniq ishora» - NATO yangi raketa tizimi uchun 50 mlrd dollar ajratadi
18:49 / 08.07.2026