Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuba aholisi mobil internetga ulanadi
6 dekabr, payshanba kunidan, Kuba aholisi uchinchi avloddagi aloqa texnologiyasi (3G) bo‘yicha mobil internetdan foydalanishi mumkin. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.
Bu haqda Kubada telekommunikatsion xizmatlar ko‘rsatuvchi yagona provayder - ETECSA rahbari Tanya Velaskes bayonot berdi.
«Ulanish jarayoni 8 dekabrga qadar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Har bir abonent xizmat faollashtirilganini tasdiqlovchi xabar qabul qilib oladi», - dedi Velaskes.
Ta'kidlanishicha, kubaliklarga to‘rtta ma'lumotlar to‘plami taklif etiladi. Eng arzon tarif 600 Mb bo‘lib, oylik 7 AQSh dollari miqdoridagi abonentlik to‘lovini nazarda tutadi. 4 Gb hajmidagi to‘plam esa kubaliklarga 30 dollarga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda internet umumiy o‘tkazish qobiliyati 10 martaga o‘sgani, endi internet tezligida «gacha» qo‘shimchasi ishlatilmasligi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:01 / 07.07.2026
Kubada yana umummilliy elektr uzilishi yuz berdi
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
20:15 / 19.06.2026
Kuba parlamenti 65 yil ichidagi eng yirik iqtisodiy xususiylashtirishni ma’qulladi
10:10 / 12.06.2026