30 noyabr kuni «Özekspomarkaz»da Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi hamda «Özbektelekom» AK tomonidan taşkil etilgan «Özbekiston Respublikasi prezidenti topşiriği böyiça AKT sohasida topşiriqlarni amalga oşiriş ketma-ketligi» hisobot anjumani bölib ötmoqda.
Ta'kidlanişiça, «Özbektelekom» AK tomonidan «Xalqaro paketli kommutatsiya markazlari va ma'lumotlar uzatiş tarmoqlarini kengaytiriş» loyihasi doirasida Xalqaro paketli kommutatsiya markazi komplekslari modernizatsiya qilindi va şundan keyin XPKM komplekslarining umumiy ötkaziş qobiliyati 10 marta: özgartirilgan trafigi 110 Gbit/s.dan 1200 Gbit/s.gaça ösdi.
Qayd etilişiça kompaniya tarif rejalarida e'lon qilingan tezlikni kafolatlaydi. 2018 yil 1 dekabrdan boşlab kompaniya yangi kafolatlangan çeksiz tarif rejalarini işga tuşiradi.
Bundan taşqari, endi tarif rejalarida «gaça» qöşimçasi mavjud bölmaydi, bu tanlab olingan tarif rejasi böyiça tezlikning kafolatlanişini anglatadi. Endi 1 Mbit/s - 1 Mbit/s. ekanligini anglatadi.








