Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu: «Messi ham A Seriyaga o‘tishini istayman»
Foto: Getty Images
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldudan «Barselona» sardori Lionel Messi bilan raqobati haqida fikr bildirishni so‘rashdi.
La Gazzetta dello Sport muxbirining: «Messini sog‘indingizmi?» qabilidagi savoliga Ronaldu quyidagicha javob berdi: «Yo‘q, ehtimol u meni sog‘ingandir!»
Shundan so‘ng portugaliyalik yulduz argentinalik hamkasbini A Seriyada ko‘rish istagi yo‘q emasligini bildirdi.
«Men Angliyada, Ispaniya va Italiyada, Portugaliyada va terma jamoada o‘ynab chiqdim, u esa hamon Ispaniyada. Balki men unga ko‘proq kerakdirman.
Men uchun, hayot – sinov demakdir. Bu sinovlar olami menga yoqadi, odamlarni baxtli qilishni yoqtiraman. U ham bir kun kelib Italiyaga kelishini, xuddi men kabi o‘zini sinov va qiyinchilikka urishini istagan bo‘lardim.
Shunday bo‘lsa-da, agar u o‘zini klubida baxtli his etayotgan bo‘lsa, bu tanlovini hurmat qilaman.
U – fantastik futbolchi va ajoyib yigit. Lekin men baribir hech narsani sog‘inayotganim yo‘q. Bu – mening yangi hayotim va unda baxtliman», - deb aytib o‘tdi Ronaldu.
Mavzuga oid
01:15 / 29.12.2025
Ronaldu Yaqin Sharqning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
20:17 / 19.11.2025
Ronaldu Oq uyda mehmon bo‘ldi
22:26 / 16.10.2025
Ronaldu 2025 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘ldi
11:32 / 12.10.2025