Jahon | 08:12 / 11.12.2018
25934
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada rossiyalik josus fosh etildi

Foto: AFP

Ukraina aksilrazvedka xizmati «Suqrot» taxallusi ostidagi GRU agentini fosh etdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan josus Ukraina harbiy-havo kuchlari polkovnigi unvoniga ega bo‘lgan.

Qayd etilishicha, sobiq polkovnik uch yil davomida rossiyalik harbiylarga maxfiy ma'lumotlarni yetkazib turgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Pyotr Poroshenko Ukraina Rossiyaga qarshi chiqishga tayyorligini bildirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid