Ukraina Rossiyaga qarşi çiqib, öz hududini himoya qilişga tayyor. Bu haqda Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko The New York Times gazetasi uçun maqolasida yozdi, deb xabar qilmoqda mamlakat yetakçisining matbuot xizmati.

«Ukraina xalqi Rossiya mamlakatimizni asta-sekinlik bilan bosib olişiga şunçaki qarab turmaydi. Tört yil avval, bizning inqilobdan söng, Ukraina Rossiya harbiy nayrangiga mustaqil ravişda qarşi tura olmaydigan holatda edi. Ammo bugun bizda qat'iyat bor hamda Rossiyaga qarşi çiqişga tayyormiz», - dedi Poroşenko. Aynan şuning uçun Ukraina hukumati tomonidan mamlakatning qator hududlarida harbiy holat joriy etildi - bu Rossiya öz tajovuzkorligini kuçaytirişga qaror qilsa, Ukrainada safarbarlik e'lon qiliş uçun kerak, deya qöşimça qilib ötdi u.

Şu bilan birga, Ukraina yetakçisi ta'kidlaşiça, Kiyevga xalqaro hamjamiyatning Kerç böğozidagi harakatlar uçun Moskvaga qarşi qöşimça sanksiyalar qöllaş şaklidagi qöllab-quvvatlovi kerak.

«Rossiya bizning energoresurslar va baliq resurslarimizni öğirladi, Ukraina faoliyatiga zarar yetkazdi, portlarimizdagi trafik hamda savdoni bloklab qöydi. Yozda Rossiya Ukraina portlariga yöl olayotgan tijorat kemalarini muntazam ravişda keçiktirib, keskinlikni oşirdi», - deb yozadi Poroşenko. Uning qayd etişiça, 2014 yildan beri Rossiya Qora va Azov dengizlarida, şuningdek, Kerç böğozida xalqaro dengizçilik qoidalari hamda şartnomalarni muntazam ravişda buzib kelmoqda.

Ukraina rahbarining işonç bildirişiça, Rossiya iqtisodiy uruşda iştirok etib, Ukraina eksport bozorlarini asta-sekin böğişga urinmoqda, Ğarb tomonidan qoralovçi bayonotlar esa Rossiya xatti-harakatlarini yanada yomonlaştirdi. «Ukraina kemalari turli fitnalar uyuştirilganiga qaramay, Rossiya harbiy-dengiz flotiga qarşi heç qaçon tajovuzkorlik körsatmagan. Ular öt oçiş orqali hujumga uçradi va xalqaro suvlardan uyga qaytayotganida qölga olindi», - deya xabar berdi Poroşenko.

«Bu Rossiya qurolli kuçlarining Ukrainaga atayin uyuştirilgan harbiy hujumi böldi. Moskva 2014 yilda Qrimda bölgani singari, «kiçik yaşil odamçalar» orqasida yaşirinmadi. Uning harbiylari öşa yili Ukraina şarqida jangovar harakatlar boşlanganida, turli bayonotlarda aytilganidek - «ta'tilda» bölmagan. Moskva bu safar butun dunyoni hatto aldaşga ham urinmadi», - deya qöşimça qilib ötdi u.

Şuningdek, Ukraina prezidentining ma'lum qilişiça, Rossiya tajovuzi davom etmoqda, sababi Ukraina harbiy xizmatçilari hamda kemalari Rossiyada uşlab turilibdi, Azov dengizida esa yuzlab kemalar tösilmoqda, ruslar ularga Kerç böğozidan ötişga ruxsat bermayapti.