Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Huawei moliyaviy direktori ishiga aralashishi mumkin
Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Kanadada qo‘lga olingan Huawei moliyaviy direktori Men Vanchjouning ishiga aralashishi mumkinligini istisno etmadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u bu borada mamlakat manfaatlaridan kelib chiqib ish ko‘radi.
«... agar men bu qachonlardir imzolangan eng yirik savdo bitimiga aylanishi uchun yaxshi bo‘ladi, deb hisoblasam , men albatta aralashaman», - deya ma'lum qildi Tramp.
Avvalroq, Huawei moliyaviy direktori garov puli evaziga ozodlikka chiqarilgandi.
Menning ozodlikka chiqarilishi uchun 10 mln Kanada dollari (7,5 mln dollar) miqdorida garov puli kiritish lozim bo‘lgan. Garov pulini ayolning turmush o‘rtog‘i va 4 nafar do‘sti hamda sobiq hamkasbi to‘lab bergan. Endi Men Xitoy va Gonkong pasportini topshirib, Vankuverdagi uyida hibsda qolishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Yaponiya Xitoyga qarshi kurashda AQShni qo‘llab-quvvatlagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:00 / 14.05.2026
Huawei Digital Power “O‘zbekiston Energetika haftaligi – 2026 (UEW)”da yashil innovatsiyalarni ilgari surmoqda
15:00 / 13.03.2026
“Huawei MWC Barcelona 2026”da sakkizta GLOMO mukofotini qo‘lga kiritdi
21:30 / 22.02.2026
Huawei fevral oxirida global taqdimot o‘tkazadi
09:37 / 03.02.2026