Kanada sudi Huawei kompaniyasining hibsga olingan va AQŞga ekstraditsiya qilinişi mumkin bölgan moliyaviy direktori Men Vançjouni garov puli evaziga ozodlikka çiqardi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Menning ozodlikka çiqarilişi uçun 10 mln Kanada dollari (7,5 mln dollar) miqdorida garov puli kiritiş lozim bölgan. Garov pulini ayolning turmuş örtoği va 4 nafar dösti hamda sobiq hamkasbi tölab bergan. Endi Men Xitoy va Hongkong pasportini topşirib, Vankuverdagi uyida hibsda qolişi mumkin.
Men Vançjou AQŞ sörovi bilan 1 dekabrda Vankuverda hibsga olingan. Ayol AQŞ sanksiyalarini çetlab ötgan holda Eron bilan bitimlar tuzganlikda ayblanmoqda. AQŞ 60 kun içida Menning aybdorligi isbotlar bilan ta'minlangan ekstraditsiya işini Kanadaga topşirişi kerak.

















