Yaponiya hukumati Xitoyning Huawei va ZTE smartfon işlab çiqaruvçilariga davlat şartnomalari uçun da'vogarlik qiliş hamda davlat xaridlarida iştirok etişni taqiqladi. Bu haqda TASS Yaponiyaning Kyodo agentligiga asosan xabar qilmoqda.

Bunday taqiqlovga hukumat Xitoy smartfonlari xavfsizlik va undagi ma'lumotlarni saqlaş jihatidan işonçsiz ekanidan taşvişlanayotgani sabab böldi. «Biz uçun zararli funksiyalarga ega bölgan va ma'lumotni öğirlaş, yöq qiliş hamda axborot tizimlari işini buzişda işlatilişi mumkin bölgan uskunalarni sotib olmaslik juda muhim masala», - deya Yaponiya hukumati boş kotibi Yosixide Suganing sözlari keltirilgan.

Şu bilan birga, u muayyan kompaniyalar nomini aytmadi, ammo, agentlik ma'lumotlariga köra, gap, birinçi navbatda, aynan Huawei va ZTE haqida ketmoqda.

Ikkala işlab çiqaruvçi bir neça oydan beri Qöşma Ştatlarda muammolarga duç kelmoqda. Yozda mahalliy rasmiylar ularga öz uskunalarini davlat muassasalariga yetkazib berişni taqiqlaşdi. Ma'lumotlar saqlaşni ta'minlab bermaslik böyiça ayblovlardan taşqari, ular KXDR hamda Eronga nisbatan sanksiyalar rejimini buzganlikda gumonlanmoqda. ZTE rahbariyati Vaşington bilan kelişuvga erişdi va bozorda işlaşni tiklaş imkoniga ega böliş uçun bir neça muhim top-menejyerlarni özgartirdi.

Dekabr oyining boşida esa, Kanadada Huawei moliyaviy direktori va asosçisining qizi Men Vançjou qölga olingani ma'lum böldi. AQŞ uni ekstraditsiya qilişni söragan. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Huawei moliyaviy direktori nega hibsga olingani aniqlangandi.