Jahon | 10:15 / 13.12.2018
4405
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada Maduro tomonidan «o‘g‘irlab ketilgan» sobiq neft vaziri vafot etdi

Foto: Leonhard Foeger/Reuters

Venesuela neft sanoati sobiq vaziri, shuningdek, PDVSA Venesuela davlat neft-gaz shirkati rahbari Nelson Martines hibsdaligi vaqtida vafot etdi. Bu haqda Venesuelaning BMTdagi sobiq doimiy vakili Rafael Ramires tvitterdagi o‘z sahifasida yozgan.

Ramiresning ta'kidlashicha, Martines Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning prokurori tomonidan «o‘g‘irlab ketilgan».

«Unga [Martines] yomon munosabatda bo‘lishdi va barcha narsaga, shu jumladan, hayotga bo‘lgan huquqlarini olib qo‘yishdi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Ramires.

Shuningdek, uning ma'lum qilishicha, Martines «ajoyib» professional va «vatanparvar» bo‘lgan.

PDVSA sobiq rahbari 2017 yilda hibsga olingan, o‘shanda Venesuela hukumati neft-gaz sohasida «tozalash ishlarini» tashkillashtirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesueladagi qiynoqlarda minglab kubaliklar ishtirok etayotgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid