Jahon | 01:53 / 13.12.2018
3640
2 daqiqa o‘qiladi

Jahon aviatsiyasi uchun 2019 yil daromadli kelishi va'da qilinmoqda

Foto: Reuters

Xalqaro aviatransport assotsiatsiyasi (IATA) jahon aviatsiya sohasi uchun muvaffaqiyatli bo‘lishini kutmoqda: aviakompaniyaning sof daromadi 9,9 foizga oshib, 35,5 milliard AQSh dollarini tashkil etadi, tushum esa rekord darajaga yetadi — 885 milliard dollar, deb yozmoqda Kommersant'.

Bu prognoz yoqilg‘i narxining tushishi va jahon YaIMining 3,1 foizga oshishi kutilayotganiga asoslangan. IATA ekspertlarining fikricha, iqtisodiy va siyosiy xatarlar aviakompaniyalarning kelgusi yilgi natijalariga jiddiy ta'sirini ham o‘tkazishi mumkin.

Bu raqamlar Xalqaro aviatransport assotsiatsiyasining chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ochiqlangan. Shunday qilib, jahon aviatsiya sohasi ketma-ket o‘ninchi yil daromadlilikni saqlab qoladi. Bu esa tarixdagi eng uzoq shunday davrdir.

Aviakompaniyalarning ijobiy moliyaviy ko‘rsatkichlari yoqilg‘i narxlarining pasayishi (masalan, Brent markali neftning narxi barreliga bu yilgi 73 dollardan kelgusi yil 65 dollargacha pasayishi bashorat qilinmoqda), shuningdek, jahon yalpi ichki mahsulotining 3,1 foizga oshishi bilan asoslantirilmoqda.

Aviayo‘lovchilar soni ham 5,6 foizga yoki 4,6 milliard kishiga oshadi. Joriy yilda aviakompaniyalarning foydasi xarajatlarning oshib borishi fonida, aksincha, 2017 yildagi rekord ko‘rsatkich 37,7 milliard dollardan 32,3 milliardgacha qisqargan. Umumiy xarajatlarda yoqilg‘i sarfi ulushi 2019 yilda 24 foiz darajasida saqlanib qoladi, xarajatlarning o‘zi esa reyslar ko‘paygani hisobiga 180 milliard dollardan 200 milliardgacha oshadi.

“Biz investorlar uchun uzluksiz qo‘shilgan qiymat yaratilish zanjiri yana kamida bir yil davomi etishini ehtiyotkor optimistlarcha kutmoqdamiz. Xatarlar ham bor, chunki ham iqtisodiy, ham siyosiy vaziyat beqarorligicha qolmoqda”, — degan matbuot anjumanida IATA bosh direktori Aleksandr de Junyak.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid