Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Bashar Asad bilan hamkorlik qilmaydi – Chovusho‘g‘lu
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu Anqara Suriya prezidenti Bashar Asad tuzumi bilan hamkorlik qilishi mumkinligi haqidagi gaplarni rad etdi.
“Biz hech qachon Asad qilganini qabul qilamiz, deb aytmaganmiz va aytmaymiz ham. Bizga “Agar Asad adolatli saylovlarda g‘olib bo‘lsa, u bilan ishlaysizmi?” degan savol berildi. Men bu savolga “Agar demokratik saylovlar bo‘lsa, har kim bu vaziyatni ko‘rib chiqishi mumkin” deb javob qilganman. Men bu Asad bilan ishlashimiz yoki uni tan olishimizni anglatishini aytmaganman”, deb aytgan turk vaziri.
Chovusho‘g‘lu Fathulla Gulenning “Parallel davlat” oqimining AQShdagi faoliyatiga to‘xtalib, Vashington guruhning AQShdagi faoliyatini tergov qilayotganini aytgan. “FQB 15 ta shtatda FETÖ’ning faoliyati bilan bog‘liq jiddiy tergovlar boshlagan. FQBda bizga ular tomondan topilgan dalillar ularga FETÖ faoliyatining qora tomonlarini ko‘rishga imkon berganini va Nyu-Jyersi hamda boshqa joylarda hibsga olishlar amalga oshirilganini ma'lum qilishdi”, deb qo‘shimcha qilgan Chovusho‘g‘lu.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026