O‘zbekiston | 09:10 / 20.12.2018
13007
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Turkmaniston chegara bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi

2018 yilning 13-19 dekabr kunlari Turkmanobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

TIV xabariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Turkmaniston davlat chegarasi uchastkasida amalga oshirilgan qo‘shma dala topografik-geodeziya ishlari natijalari ko‘rib chiqildi, 2018 yilda bajarilgan ishlar sarhisob qilindi hamda 2019 yildagi uchrashuvlarning reja-jadvali kelishib olindi.

O‘zbekiston-Turkmaniston davlat chegarasini demarkatsiyasi qilishning normativ hujjatlari loyihalari ustidagi ishlar yakunlandi.

Uchrashuv an'anaviy do‘stlik va hamfikrlilik ruhida bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida Bayonnoma imzolandi, deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid