Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putinga «Gazprom» rahbarlarining puldor farzandlari ustidan shikoyat qilishdi
Foto: Yekaterina Kuzmina / RBK
Rossiya prezidenti Vladimir Putinga «Gazprom» top-menejyerlarining farzandlari kompaniya mablag‘larini qanday sarflashayotgani va sho‘'ba korxonalarda rahbarlik lavozimlarini egallab olganliklari ustidan shikoyat qilishdi. Bu Putinning an'anaviy matbuot anjumanida sodir bo‘ldi.
«Gaz monopoliyasi muammolari va bu muammolar ortidan aholi jabrlanayotgan bir paytda kompaniya boshqaruvi rahbarlarining farzandlari sho‘'ba korxonalarda top-menejyerlik lavozimlarini egallashdan uyalishmayapti. Buning ustiga, ular internetga qimmatbaho avtomobillar suratlarini joylashtirishdan, Italiyada futbol tomosha qilish uchun biznes-jyetlarda parvoz qilishdan uyalishmayapti. Bunga nima deysiz, Vladimir Vladimirovich?» deb so‘radi 47news.ru nashri jurnalisti Viktor Smirnov.
«Xarajatlarni, superjyetlardagi parvozlarni doim kuzatib turish va ular nima qilishgani, qanday futbol tomosha qilishgani ko‘rib turish kerak. "Gazprom" xorijdagi futbol klublariga homiylik qiladi, masalan, Germaniyada «Shalke-04»ni. Nima uchun homiylik qiladi? Chunki u yerda, Germaniyada faol ish olib boradi. Italiyada ham ishlaydi», deb javob qaytardi Putin.
Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, bunday xarajatlar davlat tomonidan nazorat qilinishi lozim.
«Hamma narsa sog‘lom fikr doirasida bo‘lgani ma'qul va buni diqqat bilan kuzatib turish darkor. Bunga e'tibor qaratganingiz to‘g‘ri. Ular qayerga va nimada parvoz qilishayotganini ko‘rib chiqaman», dedi Rossiya rahbari.
Mavzuga oid
18:40 / 27.03.2026
OAV: Putin oligarxlarga urushni moliyalashtirishni taklif qildi
17:34 / 24.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi
13:40 / 24.03.2026
Rossiya iqtisodiyotida pasayish bor - Putin
19:22 / 23.03.2026