Jahon | 08:10 / 21.12.2018
15370
1 daqiqa o‘qiladi

CNN: AQSh Afg‘onistondan yetti mingga yaqin harbiyni olib chiqib ketadi

Foto: Wakil Kohsar/AFP/Getty Images

AQSh Afg‘onistondan taxminan yetti ming harbiy xizmatchisini olib chiqib ketadi, deb xabar bermoqda CNN.

Ta'kidlanishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp bu qarorni Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqish to‘g‘risidagi qaror bilan bir vaqtda qabul qildi.

Telekanalning harbiy sohadagi manbasi so‘zlariga ko‘ra, qo‘shinlarni olib chiqish ishlarini rejalashtirish amalga oshirish jarayonida. Shuningdek, uning qayd etishicha, bunday miqdordagi harbiylarni olib chiqish «oylar davomida» ro‘y berishi mumkin.

Avvalroq, AQSh prezidenti ma'muriyatidagi manbalar Tramp Afg‘onistondagi harbiy missiyani qisqartirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berishgandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval AQSh Suriyadan transport va texnikani olib chiqib ketayotgani ma'lum qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid