Amerikaga qaraşli yuk maşinalari Suriyani tark etmoqda, deb xabar berdi «Anadolu».

Vaşington Suriyadan AQŞ qöşinlari olib çiqilişi haqida e'lon qilganidan köp ötmay, Iroqqa Amerikaning önlab yuk maşinalari kirib keldi.

Mahalliy manbalar xabariga köra, AQŞning uşbu qaroridan keyin butun tun davomida Suriya-Iroq çegarasida faollik kuzatilgan.

Amerika yuk maşinalari 19 dekabr soat 23:00da Suriya-Iroq çegarasi tomon yöl olgan.

Agar avval qurol yuk maşinalar kuzovidan tuşirilgandan keyin brezent olib taşlangan bölsa, hozir transportning bir qismi Iroqqa qisman yopiq usti bilan yöl oldi.

Yuk maşinalar kolonnasi tungi vaqtda çegaraga yöl olib, aholi punktlari elektr ta'minotidan öçiriladigan vaqtni tanlaşgan.

Ayrim yuk avtomobillarga quriliş texnikasi va minasizlaştiriş böyiça uskunalar yuklangan.

Avvalroq, OAV Amerika Qöşma Ştatlari Suriyadan ikki ming askarini olib çiqiş niyatida ekanini ma'lum qilgandi.

Eslatib ötamiz, bundan avval AQŞ Suriyadan harbiylarini olib çiqişni boşlagani xabar qilingandi.