O‘zbekiston | 08:30 / 24.12.2018
10819
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Tojikiston sementining asosiy importchisi bo‘ldi

 Joriy yilda Tojikiston 1,3 mln tonna sement eksport qildi, bu respublikada 11 oy davomida ishlab chiqarilgan umumiy hajmdan 40%ni tashkil etadi, deb yozmoqda Asia-Plus.

Mamlakat Sanoat va yangi texnologiyalar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, Tojikiston sement zavodlari bu vaqt ichida 3,5 million tonna sement chiqargan. Respublikada bu qurilish materiali tarixda birinchi marta bunday hajmlarda ishlab chiqarildi. 2017 yil davomida mamlakatda 3,1 million tonna sement ishlab chiqarilgandi.

Shu bilan birga, Tojikistonda ishlab chiqarilgan 1,3 million tonna sement yanvar-noyabr oylarida qo‘shni mamlakatlarga yetkazib berildi.

Xususan, O‘zbekistonga 738 ming tonna, Afg‘onistonga 481 ming tonna, Qirg‘izistonga esa 85 ming tonna eksport qilindi.

Hozir Tojikistonda sement ishlab chiqarish bilan 13ta korxona shug‘ullanmoqda, ularning umumiy quvvati yiliga 5 million tonnani tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston importni keskin ko‘paytirgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid