O‘zbekiston importni keskin ko‘paytirdi
2018 yil yanvar-noyabr oylarida import hajmi 17 340,7 mln. AQSh dollariga (o‘sish sur'ati 36,8%) yetdi, deb xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.
Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar (41,9%), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (13,2%) hamda oziq-ovqat mahsulotlari (8,2%) guruhlari hisobiga to‘g‘ri keldi. Joriy yilning yanvar-noyabr oylari davomida eng yuqori o‘sish sur'atlari fevral, iyul, august, oktabr oylarida kuzatilgan. Shuningdek, tovar va xizmatlar importi o‘sish sur'atlarining tahliliga asosan, 2018 yilning noyabr oyida import qilingan tovar va xizmatlar oktabr oyiga nisbatan 0,6%ga kamaygan.
2018 yilning yanvar-noyabr oylari mobaynida 1 075,3 mln. AQSh dollari miqdorida qurilish materiallari importi hajmi amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich 2017 yilning mos davriga nisbatan 27,4%ga o‘sib, umumiy import hajmining 6,2%ini tashkil qildi. Import qilingan qurilish materiallari tarkibidan sement (14,8%), yog‘och va yog‘och mahsulotlari (52,1%), asbest (3,8%), keramika mahsulotlari (3,1) hamda shisha va shisha buyumlar (5,0%) asosiy ulushni egallagan.
2018 yilning yanvar-noyabr oylarida qurilish materiallari import hajmi 2017 yilning mos davriga nisbatan sezilarli darajada oshgan. Qurilish materiallari importi hajmining o‘sishiga keng ko‘lamdagi qurilish-rekonstruksiya ishlar amalga oshirilishi sabab bo‘lmoqda.
Xizmatlar importi hajmi 2029,8 mln. AQSh dollarini yoki jami import hajmining 11,7%ini tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19,6%ga o‘sdi. Xizmatlar importi tarkibining asosiy ulushi turizm xizmatlari, transport xizmatlari, qurilish xizmatlari va telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlaridan iborat bo‘ldi.
Shu bilan birga, 2018 yilning o‘tgan davri mobaynida respublikaga import qilinayotgan tovar va xizmatlar noyabr oyida, oktabr oyiga nisbatan 11,2 mln. AQSh dollarga kam import qilindi va 1828,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.
2018 yilning yanvar-noyabr oylarida respublikaga 159dan ortiq xorijiy davlatlardan tovar va xizmatlar importi amalga oshirilgan. Shulardan 5ta eng yirik bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi, Qozog‘iston va Turkiya hamkor davlatlaridan jami import hajmi 10 553,8 mln. AQSh dollariga teng. Bu esa umumiy import hajmining 60,9%ini tashkil qiladi.
Tavsiya etamiz
Coca-Cola tarkibida xlorat ko‘p bo‘lgani uchun Yevropadagi mahsulotlarini qaytarib oldi
Jahon | 17:25 / 28.01.2025
AQShda yuk tashish inqirozi tugadimi?
Jahon | 16:03 / 28.01.2025
Kolumbiya prezidenti muhojirlarni quvayotgan AQShga: «Ularga jinoyatchidek muomala qilmang»
Jahon | 23:24 / 27.01.2025
Sun’iy intellekt yetakchilari – Davosda. Ular nimalar deyishdi?
Fan-texnika | 19:09 / 27.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2024 yilda aholidan 12 mlrd so‘mlik “yashil” energiya sotib olindi
O‘zbekiston | 09:11
-
Ukrainaning Slovakiyadagi elchisiga norozilik notasi topshirildi
Jahon | 09:05
-
American University of Technology AQShda o‘qish imkoniyati ko‘zda tutilgan magistratura dasturini yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 09:00
-
Vashingtonda samolyot vertolyot bilan to‘qnashib ketganidan so‘ng daryoga quladi
Jahon | 08:41
Mavzuga oid
20:49 / 28.01.2025
3,4 mln so‘mdan 15,3 mln so‘mgacha - Statistika agentligi sohalar kesimidagi o‘rtacha oyliklarni ma’lum qildi
10:32 / 25.01.2025
O‘zbekiston aholisi soni 37,5 milliondan oshdi
13:35 / 21.01.2025
Statistika agentligini salkam 8 yil boshqargan Bahodir Begalov lavozimidan ozod etildi
15:40 / 18.01.2025