Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?
Joriy yilning 22-23 dekabrda va 24 dekabrga o‘tar kechasi respublika hududlariga biroz nam havo massalari kirib keldi. O‘zbekiston bo‘yicha biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ldi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.
Yog‘ingarchilik miqdori 0 mm.dan 2,0 mm.gachani, Qashqadaryo viloyatida bir kecha-kunduzda 5 mm.gachani, respublikaning ayrim tog‘ oldi va tog‘ hududlarida 16 mm.gachani tashkil etdi.
Havo harorati kechasi 2-7 daraja sovuqdan 3 daraja sovuq - 2 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tarildi, kunduzi 2-7 daraja iliq atrofida, bu haroratning me'yoriy qiymatlaridan 2-5 darajaga kam bo‘ldi.
25-26 dekabrda Qozog‘iston orqali Kaspiy dengizi hududlaridan deyarli salqin va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. 25 dekabrda Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida, 26 dekabrda respublika hududlarining ko‘p qismida biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi. Havo harorati 25 dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuqni, kunduzi 2-7 daraja iliqni, 26 dekabrda kechasi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliqni, kunduzi 5-10 daraja iliqni tashkil etadi.
27-28 dekabrda quruq va iliq ob-havo o‘rnashadi, kunduzgi havo harorati 10-15 daraja iliqqacha, janubda 16-18 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
29 dekabrda Kaspiy dengizi hududlaridan yana deyarli salqin va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ba'zi joylarda tuman tushishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
13:14
O‘zbekistonning g‘arbiy hududlaridagi «chigirtkalar bosqini» yuzasidan izoh berildi
14:05 / 13.06.2026
Juda issiq ob-havo homiladorlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi?
14:06 / 11.06.2026
Qamchiq dovonida avtomobil jarlikka tushib ketdi
17:18 / 08.06.2026