Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda harbiylar ikki mingdan ortiq sayyohni qutqarishdi
Hindiston armiyasi harbiylari mamlakat shimoli-sharqidagi Hind-Xitoy chegarasidagi tog‘da qolib ketgan 2,5 mingga yaqin sayyohni qutqarishdi, deb xabar berdi ANI agentligi.
Agentlikning xabar berishicha, sayyohlar harbiy xizmatchilarning kazarmalariga joylashtirilgan va barcha zarur narsalar bilan ta'minlangan.
Xabarda aytilishicha, Hindistonning Xitoy bilan chegarasidagi Natu-La dovonidan qaytayotgan, ichida sayyohlar bo‘lgan 300-400ta avtomobil tashqi dunyodan uzilib qolgan.
Qayd etilishicha, dovonda katta qalinlikda qor yog‘ishi sababli sayyohlar yo‘lida davom eta olmagan. Ayni paytda armiya texnikasi yordamida yo‘llar qordan tozalanmoqda.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026