Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Kim Chen In bilan yangi uchrashuvni kutayotganini ma'lum qildi
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR Davlat kengashi raisi Kim Chen In bilan yangi uchrashuvni intiqlik bilan kutayotgani haqida ma'lum qildi. Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Twitter’dagi o‘z sahifasida tegishli yozuvni qoldirgan.
«Men ham KXDR Davlat kengashi raisi Kim Chen In bilan uchrashuvni intiqlik bilan kutyapman. U Shimoliy Koreya ulkan iqtisodiy salohiyatga ega ekanligini juda yaxshi tushunadi», - deya ma'lum qildi Tramp KXDR yetakchisi AQSh prezidenti bilan uchrashishga tayyor ekani haqidagi xabarlarga izoh berib.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Tramp bilan muzokaralarda «boshqa yo‘l» izlashini ma'lum qilgandi.
Uning ma'lum qilishicha, Koreya yarim orolini yadrosizlantirish jarayonini davom ettirishga qat'iy bel bog‘lagan, biroq AQSh siyosati uni buning uchun «boshqa yo‘l» izlashga majbur qilishi mumkin.
Mavzuga oid
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
21:08 / 04.11.2025
KXDR sobiq rasmiy rahbari Kim Yon Nam 97 yoshida vafot etdi
15:01 / 11.10.2025