13:04 / 01.01.2019
8881

Kim Chen In Tramp bilan muzokaralarda «boshqa yo‘l» izlashini ma'lum qildi

Foto: Reuters

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning ma'lum qilishicha, Koreya yarim orolini yadrosizlantirish jarayonini davom ettirishga qat'iy bel bog‘lagan, biroq AQSh siyosati uni buning uchun «boshqa yo‘l» izlashga majbur qilishi mumkin. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Kimning so‘zlariga ko‘ra, agar Vashington KXDRdan bir tomonlama harakatlar talab qilishni to‘xtatmasa, yangi yo‘lga ehtiyoj paydo bo‘ladi.

Kim Chen Inning aytishicha, istagan paytda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishga tayyor. Shu bilan birga, uning bildirishicha, agar Qo‘shma Shtatlar «tegishli choralar» qabul qilsa, yadrosizlanish sohasidagi olg‘a siljish ancha katta bo‘ladi.

Bundan tashqari, Shimoliy Koreya yetakchisi Janubiy Koreyani «tashqi kuchlar» bilan qo‘shma harbiy mashqlar o‘tkazishni to‘xtatish va Koreya yarim orolida tinchlikni saqlash bo‘yicha ko‘p tomonlama muzokaralarni davom ettirishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya va KXDR temir yo‘llarni birlashtirgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top