Texnologiya | 11:26 / 03.01.2019
8092
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada 300 mingdan ortiq avtomobil egasi Volkswagen bilan sudlashmoqda

Foto: REUTERS/Ina Fassbender

Germaniyada 300 mingdan ortiq avtomobil egasi Volkswagen (VW) kompaniyasidan tovon puli talab qilmoqda, deb xabar beradi Reuters.

27 dekabr holatiga ko‘ra, ro‘yxatda 294 ming kishi bo‘lgan. 31 dekabrga kelib bu ko‘rsatkich 300 mingdan oshdi. Iste'molchilar uyushmasi raqam bu qadar katta bo‘lishini kutmagan edi.

Avvalroq, Germaniya Iste'molchilar federal uyushmasi «dizelgeyt» tufayli tovon puli talab qilib VW’ni sudga bergani ma'lum qilingandi. Mojaro 2015 yilda sodir bo‘lgan, o‘shanda tartibga soluvchilar Volkswagen atmosferaga zararli moddalar chiqarilishi to‘g‘risidagi ma'lumotni xato ko‘rsatib kelganini aniqlashdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval 2019 yilda bozorga chiqishi eng ko‘p kutilayotgan avtomobillar ma'lum qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid