Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya yangi prezidenti mamlakatda AQSh harbiy bazasini joylashtirishga tayyor
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruning mahalliy televideniye efirida ma'lum qilishicha, Amerika hukumati bilan Braziliyada AQSh harbiy bazasini joylashtirish imkoniyatini muhokama qilishga tayyor. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
U mamlakatda Amerika harbiy bazasi qanday shartda paydo bo‘lishi mumkin ekanligiga aniqlik kiritmagan.
2019 yil 1 yanvar kuni Bolsonaru Braziliya prezidenti lavozimiga kirishdi. Davlat rahbarining populistik bayonotlari sababli, Bolsonaruni ko‘pincha Amerika yetakchisi Donald Tramp bilan taqqoslashadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Iroqda ikkita harbiy baza qurmoqchi ekanligi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:07
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
20:35 / 09.07.2026
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
10:20 / 09.07.2026
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026