15:14 / 04.01.2019
15343

Soliq va bojxona imtiyozlari bosqichma-bosqich bekor qilinishi rejalashtirilgan

Foto: Depositphotos

O‘zbekistonda soliq va bojxona imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytiladi.

Hujjat bilan 2019 yil 1 martga qadar tegishli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi.

Dastur bilan tegishli soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi.

Ijro uchun mas'ullar - Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «yashirin iqtisodiyot»ni qanday qilib kamaytirish rejalashtirilgani ma'lum bo‘lgandi.

Top