«Yashirin iqtisodiyot»ni qanday qilib kamaytirish rejalashtirilgani ma'lum bo‘ldi
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasi taqdim etildi.
Hujjat bilan “yashirin iqtisodiyot” salmog‘ini iqtisodiy usullarni ishlatgan holda qisqartirish mo‘ljallanmoqda. Xususan, normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
Loyiha bilan “yashirin iqtisodiyot” omillarini sohalar va tarmoqlar kesimida tahlil qilib, uni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi. Dasturda:
iqtisodiy faoliyatni legallashtirish yuzasidan normativ-huquqiy asoslarni takomillashtirish;
import qilingan tovarlar hisobotlarining elektron tarzda shakllanishini ta'minlash;
ayrim tovarlar uchun identifikatsiya markirovka qilishning yagona tizimini joriy etish va soliq organlari tomonidan mahsulotni hisobga olishning elektron bazasini yaratish;
elektron tijorat faoliyatini qonuniylashtirish va nazorat qilish mexanizmini joriy etish;
naqd pulsiz hisob-kitobni rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqish, shu jumladan ko‘chmas mulk obektlari va avtotransport vositalari oldi-sotdisi va boshqa yirik miqdordagi bitimlar bo‘yicha hisob-kitoblarni bank orqali amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratish;
tadbirkorlar faoliyatiga davlat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuv holatlariga qat'iy yo‘l qo‘ymaslik;
davlat organlari ishida shaffoflik va ochiqlikni ta'minlash nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2019 yil 1 aprel, ijro uchun mas'ullar - Davlat soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Bosh prokuratura, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, “O‘zstandart” agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti parlamentga murojaatnomasida yangi soliq konsepsiyasi haqida gapirib, qora bozorda ish qiladiganlar qattiq jazolanishini aytgandi.
Mavzuga oid
18:32 / 06.08.2024
Qalbaki markirovkali tovarlar savdosi uchun jinoiy javobgarlik joriy etilishi mumkin
14:51 / 15.05.2024
Fermerlarni ishchi olishga majburlash haqidagi taklif qayta ko‘rib chiqiladi
12:39 / 12.05.2024
Bozor iqtisodiyotiga zid: Fermerlarga xodimlar soni bo‘yicha talab qo‘yilishi mumkin
20:32 / 30.04.2024