Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron AQSh sohillari yaqiniga jangovar kemalarini jo‘natadi
Mart oyida Eron Islom Respublikasi kemalari jangovar navbatchilik o‘tash uchun Atlantika okeaniga, AQSh sohillari yaqiniga yo‘l oladi, deb xabar berdi IRNA agentligi.
"Missiya masofa uzoqligi bois besh oygacha davom etishi mumkin", deb ma'lum qilgan Eron HDK qo‘mondoni o‘rinbosari.
Mudofaa vazirligining bildirishicha, bu AQSh flotining Fors ko‘rfaziga joylashganligiga javob bo‘ladi.
Qayd etilishicha, flotiliya tarkibida "Saxand" yangi esminetsi bo‘ladi.
O‘tgan yilning 21 dekabrida USS John C. Stennis atom aviatashuvchisi boshchiligidagi AQSh HDK kemalari Fors ko‘rfazi hududiga kirgandi.
The Wall Street Journal nashrining bildirishicha, bu Tehronga o‘z kuchini namoyish etish maqsadida qilingan.