Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abe Rossiya bilan Kuril bo‘yicha muzokaralarga "nuqta qo‘yishga" va'da berdi
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Rossiya bilan tinchlik shartnomasini tuzish bo‘yicha muzokaralarni yakunlash uchun bor kuchini sarflashga va'da berdi. Bu haqda NHK telekanali xabar qildi.
Abe turmush o‘rtog‘i bilan o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Nagato shahriga keldi va otasining qabrini ziyorat qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, otasi ham Moskva va Tokio o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash ustida ish olib borgan. Sintaro Abe 1982 yildan 1986 yilgacha mamlakat tashqi ishlar vaziri bo‘lgan.
"Ajdodlarim qabri oldida o‘z xizmat burchimni bajarishga qasamyod qildim. Men bu masalada ilgari siljish (Kuril orollari bo‘yicha muzokaralar) va unga nuqta qo‘yishga qasam ichdim", dedi Abe jurnalistlarga.
Abe o‘tgan yilning noyabrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan va Kuril orollari masalasida muzokaralarni tezlashtirishga kelishib olgandi.
Mavzuga oid
11:47 / 21.01.2026
Sindzo Abeni otib o‘ldirgan shaxs umrbod qamoqqa hukm qilindi
19:23 / 02.10.2023
Yaponiyada Abe o‘limi mojarosiga aloqador diniy firqa tarqatib yuboriladi
14:06 / 12.07.2022
Aziz Abduhakimov Sindzo Abe xotirasiga hurmat bajo keltirdi
12:37 / 12.07.2022