Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CNN: Tramp mamlakatdagi «shatdaun inqirozi»ni kuchaytirmoqda
Foto: Jacquelyn Martin/AP Photo
AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika bilan chegarada devor qurish bo‘yicha kelishmovchilik tufayli hukumat ishining qisman to‘xtatilishi - «shatdaun inqirozi»ni yanada keskinlashtirmoqda, deya ta'kidlaydi CNN telekanali.
Avvalroq, Tramp Meksika bilan chegarada devorni «juda tez» qurish uchun favqulodda holat e'lon qilishi mumkinligini ma'lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun kongress roziligini olish shart emas.
Biroq, bu «Tramp gambiti» - dushmanlarga noto‘g‘ri pozitsiya yetkazish va o‘z zaifligini yashirish umidida yanada ko‘proq qarama-qarshilik keltirib chiqarish yordamida inqirozdan qochishga urinadigan prezident uchun odatiy qadamdir, deya qayd etadi CNN.
AQSh prezidentining bunday qadami, shuningdek, «huquqiy va qonuniy bo‘ron»ga ham olib kelib, Meksika devori qurilishi bo‘yicha qattiq debatlar hamda migratsiya siyosatini «ijro etuvchi hokimiyat uchun konstitutsiyaviy duelga» aylantirib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp AQShda favqulodda vaziyat tartibi kiritilishi mumkinligini aytgandi.
Mavzuga oid
11:31 / 13.11.2025
AQSh tarixidagi eng uzoq davom etgan shatdaun yakunlandi
09:32 / 11.11.2025
AQSh Senati shatdaunni tugatishga qaratilgan qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi
09:26 / 11.11.2025
Shatdaun: Tramp ishga chiqmayotgan aviadispetcherlarga tahdid qildi
09:30 / 10.11.2025