AQŞ prezidenti Donald Tramp Meksika bilan çegarada devor qurilişini kafolatlaş uçun mamlakatda favqulodda vaziyat tartibini e'lon qilişga tayyorligini aytdi.
Uning aytişiça, agar devor qurilişining kongressni çetlab ötgan holda moliyalaştirilişiga erişişning iloji bölmasa, u şunday çorani qöllaydi. Tramp va kongressda köpçilikni taşkil qiluvçi demokratlar hozirça bu masala böyiça kelişuvga erişa olişmayapti.
Avvalroq AQŞning vakillar palatasi 2019 yil 30 sentyabrgaça byudjyet haqidagi qonun loyihasini ma'qulladi. Unda çegarani qöriqlaş va himoya qurilmalariga 1,6 mlrd dollar ajratiş rejalaştirilgan. Respublikaçilar esa devor qurilişiga 5,6 mlrd dollar ajratilişini söraşgan edi.












