Jahon | 15:34 / 07.01.2019
13956
2 daqiqa o‘qiladi

Magnitogorskda vayronalar ostidan qutqarilgan 11 oylik chaqaloq hushiga keldi

Foto: Videodan kadr

Magnitogorskda vayronalar ostidan qutqarib olingan 11 oylik bola hushiga keldi. Bu haqda TASS Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvortsovaga asosan xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskvadagi bolalar shoshilinch jarrohligi ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lish vaqtida bolaning ahvoli sezilarli darajada yaxshilandi. «U faol reaksiya bildirmoqda, onasi bilan muloqot qilmoqda», - dedi Skvortsova.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bolaning ovozi paydo bo‘lgan; bu o‘pkaga uzoq vaqt sun'iy tarzda havo yuborish bilan bog‘liq asoratlar yo‘qligini bildiradi.

TASS’ning yozishicha, Moskvada o‘tkazilgan tashxis shuni ko‘rsatdiki, bola miyasi shikastlanmagan, buyraklar faoliyati deyarli tiklandi. Shuningdek, shifokorlar taxminicha, ular bolaning muzlab qolgan oyog‘ini qutqarishga qodirlar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chelyabinsk oblasti Magnitogorsk shahrida maishiy gaz portlashi oqibatida qisman qulagan ko‘p qavatli uyning vayronalari ostida o‘n bir oylik bola tirik holda topilgandi.

Ma'lumot uchun, bundan avval Magnitogorsk fojiasida barcha qurbon bo‘lganlarning shaxsi aniqlangandi.

Mavzuga oid