Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarining örinbosari Aleksandr Çupriyan ma'lum qilişiça, Magnitogorskda uy qisman qulaşi oqibatida halok bölgan barça 39 kişining şaxsi aniqlandi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

U vayronalar ostidan çiqarib olingan sönggi jasadning şaxsi aniqlanganiga doir savolga ijobiy javob qaytargan. Xabar berilişiça, bu ayol kişi bölgan.

Avvalroq, Rossiya FVV Magnitogorskda qidiruv-qutqaruv amaliyoti tugaganini e'lon qilgandi.

Aleksandr Çupriyanning aytişiça, vayronalar ostidan sönggi jasad çiqarib olindi. Şuningdek, binoda boşqa kişilar yöq.

«Qidiriş-qutqaruv amaliyoti tugallandi», - dedi Çupriyan. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Magnitogorskda yönalişli taksidan uç kişining jasadi topilgani, tergov uydagi portlaş terakt emasligini bildirgani xabar qilingandi.